"Verona" - "Roma" ishtirokidagi o‘yinni kim sharhlashi ma’lum
"Verona" A Seriya 4-turida o‘z uyida "Roma"ni mehmon qiladi. Peshqadamlik qilayotgan Joze Mourino autsayder "Verona" bilan kuch sinashadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. O‘yinni "Sport" telekanalida jonli efirda Sanjar Mahmudxonov sharhlab boradi.
Rimliklar ayni paytda 3 uchrashuvda yuz foizlik natija bilan etakchilar qatorida bormoqda. "Bo‘rilar"ning bugungi raqibi esa barcha o‘yinlardagi mag‘lubiyat evaziga autsayderlar qatoridan o‘rin egallagan.
Shuningdek, bugunga 4-turdan o‘rin olgan 5 ta bellashuv belgilangandi. Ularda orasida "Empoli" - "Sampdoriya" bahsi yakunlandi. Yana 4 uchrashuv bor.
19 sentyabr
Empoli - Sampdoriya 0:3
18:00. Venetsiya - Spetsiya
21:00. Latsio - Kalyari
21:00. Verona - Roma
23:45. Yuventus - Milan



Fikrlar