Verratti: Futbolchilar PSJda pul uchun o‘ynashmaydi

  • 27.04.2020 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti futbolchilar Parij klubiga pul uchun o‘tmasliklarini aytdi.

“Ko‘pch futbolchilar menga bizning jamoada o‘ynashni xohlashini aytishadi. PSJ hozirda dunyoning eng zo‘r 7-8 jamoasidan biri hisoblanadi. Shu bois ko‘plab futbolchilar bizning jamoaga o‘tishga intilishadi. Ayrimlar bizni PSJda faqat pul uchun o‘ynaydi deb aytadi, lekin unday emas. Futbolchiga faqat pul kerak bo‘lsa, u Xitoyga boradi. Agar futbolchi PSJni tanlasa, u bir kun kelib albatta Chempionlar ligasida g‘olib chiqadigan jamoani tanlagan bo‘ladi”, - deydi italiyalik futbolchi.

Verrati PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning yillik maoshi 17 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!