
Verratti Italiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti Italiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi.
Gap shundaki, Verratti kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Armanistonga qarshi bo‘lib o‘tgan safardagi o‘yinda sariq kartochka oldi va kartochkalar soni ortib ketgani bois diskvalifikatsiyaga uchradi. Endi u 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Finlyandiyaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Verratti ayni damda Parijga uchib ketgan. PSJ navbatdagi o‘yinni 14 sentyabr kuni o‘z maydonida “Strasburg”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar