"Vest Xem" MYuni taslim etdi. Ikki London klubi penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

  • 23 sentabr, 2021, 02:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Liga Kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda "qizil iblislar" raqibga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. 

O‘yinning 9-daqiqasida Lanzinining urgan goli bahs taqdirini hal qildi. 



Shuningdek, "Vulverxempton" - "Tottenxem" o‘yini ham ancha kurashlarga boy bo‘ldi va 90 daqiqa yakuniga ko‘ra, 2:2 natijasi qayd etildi. Penaltilar seriyasida "shporlar"ning qo‘li baland keldi va ular keyingi bosqichga yo‘l oldi. 



"Chelsi" - "Aston Villa" bellashuvida ham o‘yin taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, "futbol lotoreyasi"da "aristokratlar" 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi. 



Arteta shogirdlari keyingi bosqich yo‘llanmasini ortiqcha qiyinchiliksiz qo‘lga kiritdi. "Arsenal" - "Uimbldon" 3:0.



"Milluoll" - "Lester" uchrashuvida ham favorit jamoa g‘alaba qozondi. "Tulkilar"ning ikki goliga mezbonlar javob qaytara olmadi. Hisob 0:2. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!