"Vest Xem" so‘nggi 5 yillikdagi eng yaxshi to‘purari bilan shartnomani uzaytirdi

  • 19.12.2020 10:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Vest Xem” hujumchisi Maykl Antonio jamoa bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi.

Aytish lozimki, 30 yoshli angliyalik futbolchi “Vest Xem” safisha 2015 yil “Nottingem Forest”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan 5 yil mobaynida “bolg‘achilar” safida 41 ta gol urdi. Maykl so‘nggi 5 yil ichida “Vest Xem” safida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Antonio joriy mavsum APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3 ta gol urishga erishdi. “Vest Xem” ayni damda APL musobaqa jadvalida 21 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!