
"Vest Xem" Uilshirdan tezroq qutilmoqchi
"Vest Xem" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Jek Uilsherni tarkibdan “yo‘qotish” payiga tushib qoldi.
The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “bolg‘achilar” yiliga 5,8 million evro maosh oladigan qimmatbaho futbolchi bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokarani boshlab yuborgan. Jekning klub bilan kelishuvi tugashiga esa yana bir yil bor.
Uilshir “Vest Xem” safiga 2018 yil “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar