Vetnamdagi o‘zbek bokschilari avgust oyida jang qiladi

  • 15 may, 2020, 15:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Ma’lumki, Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan bir qator professional bokschilarimiz hamkorlik qilishadi. Qolaversa, yosh murabbiy Bobur Najmiddinov ham ushbu kompaniyaning asosiy murabbiylaridan biri hisoblanadi. Ayni kunda, Vetnamda tayyorgarliklarni davom ettirayotgan, “Cocky Buffalo” mijozlari bo‘lgan, o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov, Abdurasul Ismoilov hamda Ravshanbek Shermatov 9 yoki 16 avgust kuni navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Hozircha ikkala sanadan birini tanlash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Tecno

vetnamka

  Chunki, ushbu jang kechasini janubiy koreyaliklar tashkil qiladi va bu borada raqiblarning fikrini ham o‘rganishmoqda.Olimjon Nazarov o‘zining  WBO Oriental kamarini himoya qilsa, qolgan ikki yurtdoshimiz reyting janglarida ringga ko‘tarilishadi. Shu o‘rinda o‘zbekistonlik murabbiy Bobur Najmiddinovning yana bir vetnamlik shogirdi Nxi Nguen qizlar o‘rtasidagi WBO jahon chempionlik kamari uchun yaponiyalik raqibasiga qarshi jang qiladi. Bu borada Sports.uz saytiga Bobur Najmiddinov ma’lum qilgan.
Voqealar rivojini bizda kuzatishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!