VI Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi

CHERY AUTO

1 fevraldan yilning eng kutilgan sport tadbirlaridan biri — 21 aprelda bo‘lib o‘tadigan VI Toshkent xalqaro marafoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Poytaxt 5,5 mingdan ortiq yugurish sporti havaskorlarini qabul qiladi. Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi va 3 hamda 10 km masofalari kiritilgan. Marafon arafasida “Kids Run” ommaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish bo‘yicha musobaqalarning o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tecno

Marafon tashkilotchilari — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, O‘zbekiston MOQ, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasi.

 Qat’iy ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, so‘nggi vaqtda O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzining havaskorlarini birlashtiruvchi yangi yugurish madaniyati shakllangan. Butun yil davomida poytaxtda va hududlarda, mamlakatning eng muhim sport tadbirlaridan biri bo‘lmish — Toshkent xalqaro marafoniga tayyorgarlik bo‘lib hisoblangan ommaviy yugurish musobaqalari, turli jamoaviy musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Umumiy sovrin fondi 720 mln. so‘mni tashkil qiladi. Ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari bonuslar taqdim etiladi — marafon masofasi uchun 15 mln. so‘m va yarim marafon masofasi uchun 10 mln. so‘m.

Toshkent marafoni xalqaro miqyosdagi sport tadbiri bo‘lib, World Athletics Label maqomiga ega hamda World Athletics (Engil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi) musobaqalar taqvimiga kiritilgan. 2023 yilda, marafon doirasida, Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalar o‘ynalgan, 2022 yilda esa marafon, 28 ga yaqin dunyo mamlakatlarini birlashtiruvchi, Shanxay hamkorlik tashkilotining sport tadbirlari bilan birgalikda o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Engil atletika federatsiyasi Markaziy Osiyo Engil atletika assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda oltinchi marotaba ushbu sport tadbirining tashkilotchisi sifatida qatnashmoqda. Tayyorgarlikning har bir bosqichida marafonni yuqori miqyosda o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi — trassa qoplamasidan boshlab, antidoping nazoratini ta’minlashgacha. Toshkent xalqaro marafoni trassasi Xalqaro marafonlar va ommaviy yugurish musobaqalari assotsiatsiyasining (AIMS) xalqaro sertifikatiga ega. Tadbir arafasida Toshkentga yugurish marafonini baholash maqsadida xalqaro ekspertlar etib keladi.

Start-finish shaharchasi poytaxtning eng markazida — Afrosiyob va Beshyog‘och (Humo Arena sport majmuasi maydoni) ko‘chalarining kesishish nuqtasida joylashadi, masofalar marshruti esa markaziy ko‘chalardan o‘tib, bu ishtirokchilarga shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish va yangi Toshkentning muhitini his qilish imkoniyatini beradi.

VI Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun https://perfend.com/events/sport/tashkent-marathon-6 havolasi orqali Perfend.com platformasida ro‘yxatdan o‘tish va tanlangan masofaga muvofiq holda ishtirokchining start to‘lovini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2024 yil 1 fevraldan 5 aprelgacha davom etadi. Marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi — 350 ming so‘m, yarim marafonda — 250 ming so‘m, 10 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasida — 190 ming so‘m, 3 km masofaga — 150 ming so‘m, “Kids Run” (1km) va skandinavcha yurish (3 km) musobaqalarida — 150 ming so‘mni tashkil qiladi.

Joriy yilda tashkilotchilar tomonidan kumush, oltin va platina ishtirokchi raqamlarini berish bo‘yicha yangi xizmat joriy etildi. Ushbu start paketi yuguruvchilarga trassani o‘tish translyatsiyasini marafonning telegram-boti orqali onlayn rejimda tomosha qilish imkoniyatini beradi. Uning qiymati tanlangan masofaga bog‘liq bo‘ladi — 250 ming so‘mdan 1 mln. 200 ming so‘mgacha

       Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi:

  • tanlangan masofaga muvofiq holda ko‘krak start raqami (1 dona);
  • 4 ta to‘g‘nog‘ich;
  • ryukzak;
  • tadbir logotipi tushirilgan futbolka;
  • tadbir kunida jamoatchilik transportiga 2 ta chipta.

Ishtirokchining start paketini olish uchun https://perfend.com saytida ro‘yxatdan o‘tish va 2024 yil 17 apreldan 19 aprelgacha, soat 10:00 dan 18:00 gacha paketlarni berish punktiga tashrif buyurish va ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi kodini va/yoki raqamini ko‘rsatish zarur. Ishtirokchilarning paketlari Engil atletika federatsiyasi binosida beriladi (Toshkent sh., I.Karimov ko‘ch., 98a).

2024 yil 5 apreldan 12 aprelgacha marafonning sayti yoki telegram-boti orqali qo‘shimcha to‘lov qilgan holda, ishtirokchining paketini etkazib berish xizmati bilan onlayn ro‘yxatdan o‘tish qo‘shimcha xizmati joriy etilgan.

Muhim: Toshkent xalqaro marafonida kvota bo‘yicha ishtirok etuvchi jamoalar uchun arizalar tashkiliy qo‘mita tomonidan faqat belgilangan namunadagi blankda qabul qilinadi. Arizani 2024 yil 1 fevraldan 5 aprelgacha info@uzmarathon.uz elektron manziliga yozgan holda olish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 95 142 01 84.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!