Vidal Akinfeevning qilgan "ish"ni takrorladi

  • 26 noyabr, 2020, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” yarim himoyachisi Arturo Vidal kecha “Real”ga (0:2) qarshi o‘yinda ikkita sariq kartochka olib maydonni muddatidan oldin tark etdi.

Chililik futbolchi “Real” darvozasiga penalti belgilanmagani uchun bosh hakamga e’tiroz bildirishi oqibatida bir necha soniya ichida 2 ta sariq kartochka bilan maydondan chetlatildi.

Vidal bu borada TsSKA darvozaboni Igor Akinfeevning antirekordini takrorladi. Rossiyalik posbon ham, 2018 yil “Real”ga qarshi o‘yinda hakam tomonidan ketma-ket sariq kartochka ko‘rsatilgan holda maydondan chetlatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!