Vidal “Barsa”dan haqqini talab qilyapti
Arturo Vidal “Barselona”dan ketgan taqdirda shartnoma bo‘yicha belgilangan bir yillik maoshini talab qilmoqda. Chililik yarim himoyachi kataloniyaliklardan 6 million evro olishni rejalashtirgan.
Futbolchining o‘zi “Inter” bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda. Milanliklar tajribali futbolchi bilan 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolaydi va yiliga 6 million evro maosh to‘laydi. Turli bonuslar ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Arturo Vidal “Inter”ni tanlagani bois 2-3 million evro miqdorida transfer bonusini ham so‘ragan.
“Inter”da Arturo Vidalning Chili terma jamoasidagi do‘sti Aleksis Sanches ham to‘p suradi.
Fikrlar