Vidal "Barselona"dan ketmoqchi emas

  • 24.06.2019 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi xavbeki Arturo Vidal jamoadan ketishni xohlamayapti. Bu haqla Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli chililik futbolchiga Evropa va Xitoyning bir qator jamoalaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Biroq, u “ko‘k-anor ranglilar” safida qolmoqchi. Vidalni faqatgina moliyaviy tarafdan rad etib bo‘lmas taklif fikridan qaytarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Vidal o‘tgan mavsum “Barselona”da jami 53ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!