Vidal: Eng muhimi "Barselona" yutqazmadi

  • 14 aprel, 2019, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal kecha La Liganing 32-turida "Ueska" (0:0) maydonida qayd etilgan nursiz durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Hammamiz shu kuni“Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin haqida o‘yladik. Maydonga tushganlar ham, uyda qolganlar ham. Bu umuman boshqa jamoa edi.

Ushbu o‘yinda mavsum davomida kam maydonga tushgan futbolchilar o‘ynashgan bo‘lsada, ular yomon harakat qilishmadi. Durang adolatli natija bo‘ldi deb o‘ylayman.

Biz shu kuni 3 ta markaziy himoyachidan iborat yangi taktikada o‘ynadik. Bundan tashqari maydon ham quruq edi, shu bois to‘pnin harakatlanishi biroz qiyinlashdi. Shunday bo‘lsada biz yutqazmadik, bu eng muhimidir”, - deydi chililik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!