Vidal "Inter"dan ketadi. U faoliyatini boshqa qit’ada davom ettirishi kutilmoqda

  • 3 iyul, 2022, 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chililik yarim himoyachi Arturo Vidal "Inter"ni tark etib, faoliyatini Janubiy Amerikada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Gonsalo Vaskesning xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi Argentinaning "Boka Xuniors" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

“Neradzurrilar” tajribali yarim himoyachiga ehtiyoj sezishmayapti va shu bois u bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga tayyor. Arturoning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi esa yana bir yildan so‘ng tugaydi.

Ma’lumot uchun, Vidal "Inter"da 2020 yilning sentyabridan buyon o‘ynab kelmoqda. U Italiya A Seriyasining so‘nggi mavsumida jami 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi, ikkita golga assistentlik qildi va uchta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!