Vidal nega "Barselona" mashg‘ulotlaridan o‘zboshimchalik bilan ketib qoldi?

  • 18 dekabr, 2019, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin o‘zboshimchalik bilan mashg‘ulotlarni tark etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bunga jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening uni “el-klasiko”da asosiy tarkibga kiritmagani sabab bo‘lgan. Jamoadoshlari Vidalni mashg‘ulotlarni davom ettirishga chaqirishgan, biroq, bu foyda bermagan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Vidal joriy mavsum “Barselona” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!