
Vidal "Yuventus"ga qaytmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal yana "Yuventus"ga qaytmoqchiligini ma’lum qildi.
“Pirlo “Yuventus”ni qo‘lga olgani yaxshi bo‘ldi. U ajoyib futbolchi bo‘lganini inobatga olib, uning qanday murabbiy bo‘lishini tasavvur qilavering. Andrea futbolni juda yaxshi tushunadi. U o‘zini ko‘rsata olishiga ishonaman. Biz u bilan “Yuventus” safida 4 yil birga o‘ynadik va 4 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdik. Agar u meni Turinga chaqirsa xursand bo‘lardim”, - dedi chililik futbolchi.
33 yoshli Vidal “Barselona” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 96 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 10 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar