
Video. Masharipov "Istiqlol"ga qarshi bahsda qanday harakat qildi?
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" - "Istiqlol" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda Tojikiston klubi 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yinda kiritilgan yagona golni dushanbeliklar futbolchisi Alisher Jalilov hakam tomonidan uchrashuv asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasiga kiritdi.
G‘alabaga erishgan qo‘shnilarimiz ochkolari sonini 10 taga etkazib, guruhda peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Masharipov harakat qilayotgan dubayliklar esa 4 ochko bilan keyingi bosqich umidini butkul yo‘qotdi.
Quyida Jaloliddinning "Istiqlol"ga qarshi o‘yindagi harakatlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar