
Videoo‘yinlar, saylov, o‘z-o‘zini operatsiya qilgan futbolchilar hikoyasi! Futbol uchrashuvini o‘tkazib yuborish uchun «original» bahonalar!
Yaqinda «Real» Madrid himoyachisi Marselo Madrid shahridagi saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun futbol uchrashuvini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Uning bu tanlovi ko‘pchilikni hayron qoldirgani aniq. Xo‘sh, futbol olamida bundanda g‘ayri tabiiy voqealar sodir bo‘lganmi?
SEM XENDERSON
«Kuin of ze Saut» (Shotlandiya) klubining 19 yoshli darvozaboni oilaviy fermasi borligidan afsuslangan bo‘lsa, ajabmas. Zero, bu nafaqat mashaqqatli mehnat, balki katta tavakkalga teng ekan. Qochib ketgan sigirni fermaga qaytarish vazifasi Xendersonning zimmasiga yuklatilgach, ozodlikdan sarmast jonivor ishga jiddiy kirishgan futbolchini jarohatlagandi. Oqibatda, Sem elkasidan jiddiy jarohat olib, maydonga tusholmagan.
EVER BANEGA
Ba’zan g‘alati jarohatlar o‘ta jiddiy bo‘lib chiqadi. Ishonmasangiz, Banegadan so‘rab ko‘ring. Avtomobilining qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgani sababli, mashina Everning oyog‘ini bosib ketgan. Natija esa - sinish va yarim yil maydondan tashqarida qolish. Bir daqiqalik loqaydlik qanchalik qimmatga tushganini tushunayotgandirsiz?!
SANTЬYaGO KANISARES
«Valensiya» darvozabonining holati bundanda alamli bo‘lgandi. 2002 yilgi jahon chempionati yakuniy «zayavka»sidan o‘rin olgan Kanisaresda boshqa ispaniyalik kiperlar soyasidan chiqish uchun ajoyib imkoniyat tug‘ilgandi. Ammo taqdir Santyagoga qaltis hazil ishlatdi. Uyida soqol olayotganida, atir idishi erga tushib chil-chil bo‘lgan, Kanisares esa to‘satdan uni bosib olgandi. Jarohat jiddiy edi - shisha sinig‘i tovonni kesib, oyoq payiga tekkandi. Oxir-oqibat, "JCh-2002" bo‘yicha tuzilgan rejalar sarobga aylandi.
YaRI LITMANEN
Odatda, futbolchilar g‘alati tasodif tufayli emas, balki o‘zlarini haddan ziyod ayamasliklari sababli jarohat orttirib olishadi. Shu bois, aksariyat klublar shartnoma imzolash chog‘ida turli ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanishni taqiqlab qo‘yishadi. Umuman, shusiz ham tavakkalchilik holatlari etarlicha kuzatiladi. Litmanen «Malmyo» klubi sport direktori bilan garov o‘ynab, shisha idishni ko‘zi bilan ochishga uringan. Oqibatda ko‘rish a’zosining jiddiy lat eyishi sabab, Yari bir nechta o‘yin davomida maydondan tashqarida qolgan.
OTAR XIZANEYShVILI
Ko‘z bilan bog‘liq muammo gruziyalik himoyachini ham safdan chiqargan. Ammo unga shisha idish emas, balki but shikast etkazgan. Xizaneyshvili qaerga borsa ham o‘sha sanamni yonida olib yurardi. Bir safar uxlab yotganida, krovati tepasiga o‘rnatilgan but yiqilib, uning ko‘zini jarohatlagan. Shifokorlar futbolchining ko‘z olmasini davolash uchun ko‘p ter to‘kishgan.
DARIUS VASSELL
Boshqa bir ahmoqona qiliq ham yashil maydon chetida kuzatilgan. «Topqir» forvard o‘zini davolashga kirishib, yiringlagan tirnog‘idan qutulishning g‘alati usulini o‘ylab topdi. Vassell oddiy drel yordamida yarani ochishga kirishdi. Bunday ehtiyotsizlik futbolchini tirnog‘idan ayirishdan tashqari, bir necha hafta mobaynida futboldan chetda qoldirdi.
ALAN NILЬSEN
Ko‘z bilan bog‘liq muammolar mavzusini davom ettirib, «Tottenxem»ning daniyalik futbolchisini yodga olamiz. 90-yillar oxiri Alanning ko‘rish qobiliyati xavf ostida qolgandi. E’tiborlisi, uning yangi tug‘ilgan qizalog‘i bunga sababchi bo‘lgan: chaqaloq Nilsenning ko‘ziga barmog‘ini suqib olgan. Ushbu voqeadan so‘ng, futbolchi bir necha hafta futboldan chetda qolib, asosiy vaqtini oilasiga ajratgandi.
DARREN BERNARD, KARLO KUDIChINI, MARKO ARNAUTOVICh
Futbolchilar shartnomasida nafaqat ekstremal sport turlari, balki itlar bilan o‘ynash bo‘yicha ham taqiq qo‘yish kerak shekilli. Quyida qayd etiladigan uy jonivorlariga taalluqli uchta holat ham shunga ishora qilmoqda. Darvozabon Kudichini kuchugini sayr qildirayotganda, ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ydi. It kutilmaganda o‘rnidan jilgach, Karlo muvozanatni saqlay olmay, tizzasi bilan yiqildi. Natijada jiddiy operatsiyani boshdan kechirdi. Xuddi shunday holat Arnautovich bilan ham kuzatilgandi. Bernard tushgan holat esa barchasidan oshib tushgan. Uning kuchugi uyida ahlat qoldirgan, Darren esa buni sezmagan. Kutilmaganda, o‘sha ahlatni bosib olgan futbolchi yiqilib, jiddiy lat egan.
RIO FERDINAND
Paylar bilan bog‘liq muammo ko‘pchilikda kuzatilgan. E’tiborlisi, ular futbolga aloqador bo‘lmagan holatlarda orttirib olingan. Kulgili voqealardan biri Ferdinandning hayotida ro‘y bergan. Televizor ko‘rib yotgan futbolchi qo‘ng‘iroqqa javob berish maqsadida telefonga noqulay tarzda intilgan. Oqibatda, qo‘l payi cho‘zilgan.
ALESSANDRO NESTA
Boshqa bir afsonaviy himoyachi ham shunga o‘xshash holatga tushgan. Nesta o‘sha payt kompyuter o‘yini bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bunday mashg‘ulotga astoydil berilganidan, paylari cho‘zilganini sezmay qolgan. Shunday voqealarni kuzata turib, o‘ylanib qolasan: balki klublar o‘yinchilarning futboldan tashqaridagi barcha mashg‘ulotlardan chetlashishlarini talab qilishi kerakmikan? Axir oddiy «joystik» tufayli jarohat olishni qanday tushunish mumkin?
JEROM BOATENG
Bu futbolchi tez-tez shikastlanadi, ammo jarohat asosan futbol bilan bog‘liq bo‘ladi. Boateng bir safar navbatdagi davolanish kurslarini yakunlash arafasida samolyotdagi noxush holat tufayli safga qaytishni kechiktirgandi. Jerom o‘rnidan turayotib, ichimlik turgan aravachani payqamay, unga urilgan va jiddiy lat egandi.
ShON FLINN
Flinn olgan jarohat Boatengnikidan ham g‘alatiroqmi, aytish qiyin. Shon ham g‘ildirakli buyumni nazardan chetda qoldirgan: bu farzandining o‘yinchoq mashinasi edi. Komediya filmlarida bo‘lgani kabi avtomobilchani bosib olgan futbolchi erga qulab, jiddiy jarohat oldi, burni singani esa hammasidan oshib tushdi.
Yana ko‘plab futbolchilar noodatiy holatlar tufayli shikastlanishgan: reklama to‘siqlari urilish, g‘alaba va gollarni nishonlashdagi ehtiyotsizlik shular jumlasidan. Ammo biz bugun faqat futboldan chetda kuzatilgan voqealarga to‘xtaldik.
Fikrlar