
Viktor Goncharenko "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdan keyin qanday fikr bildirdi?
“Neftchi” – “Ural” jamoalari o‘rtasidagi 0:0 hisobidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar jamoasi bosh murabbiy Viktor Goncharenko bellashuv borasida quyidagilarn aytdi:
“Birinchi navbatda iliq kutib olganligi uchun minnatdormiz. Men O‘zbekistonga birinchi marta kelishim, muxlislar yaxshi bahs guvohi bo‘lishdi. Ob-havo ham futbol o‘ynaydigan havo bo‘ldi. Bu uchrashuv biz uchun foydali bo‘ldi.
Biz ushbu o‘yinda ko‘plab o‘yinchilarga 90 daqiqa o‘ynashga imkon berdik, bir qator yangi o‘yinchilarni ko‘rib oldik. Raqib ham yaxshi jamoa ekan, javob o‘yinida Ekaterenburgda kutib qolamiz. Ajoyib mehmondo‘stlik va murosasiz o‘yin uchun rahmat”, - deydi Viktor Mixaylovich.
Fikrlar