Viktor Kumikov "Andijon"ga qaytdi!

  • 27 iyul, 2021, 20:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik murabbiy Viktor Kumikov yana “Andijon” klubiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Unda aytilishicha, Kumikov yordamchisi Oleg Kornienko bilan jamoa bazasiga etib kelgan.

kumikov_7

Ma’lumki, “Andijon” klubi Toshkentdagi yig‘inini yakunladi. Endi mashg‘ulotlar Andijonda olib boriladi va “Turon”ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘riladi.

Viktor Kumikov bunga qadar Belarus chempionatida “Sputnik” klubini ma’lum muddat boshqarganini eslatib o‘tish joiz.

Rossiyalik mutaxassis uchun “Andijon” begona emas. O‘tgan yilgi mavsum davomida Viktor Balyutovich ushub klubni boshqargan. Ammo o‘shanda u “Andijon”ni g‘alabasiz tark etgandi. Chunki Kumikov boshchiligidagi jamoa 10 ta o‘yinda 5 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!