Viktor Kumikov: "Natijadan qoniqmadim, ammo jamoaning istiqboli bor"

  • 31 iyul, 2021, 23:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Namangandagi “Navbahor” stadionida “Andijon” hamda “Turon” jamoalari Superliganing 13-turida kuch sinashdilar. Lekin mazkur o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi – 1:1.

Tecno

Bellashuvdan keyin “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov Sports.uz sayti uchun o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz birinchi bo‘limni ularning oxirgi o‘yinlari kabi o‘tkazdik. Ya’ni, juda yomon o‘yin ko‘rsatdik. Shuning uchun tanaffusdan keyin barchasini o‘zgartirdik. “Andijon”ga kelgach, jamoa bilan atiga uchta mashg‘ulot o‘tkazdik. Legionerlarimiz esa bu o‘yingacha bor-yo‘g‘i bitta mashg‘ulot o‘tkazdilar xolos.

Bugungi natijadan qoniqdimmi? Albatta, yo‘q. Tarkibimizda yo‘qotishlar bor edi. Ikki nafar himoyachimiz – Ibrohim Otaxonov bilan Usmonali Ismonalievni o‘rnini bosadigan o‘yinchilar yo‘q. Ular tarkibga qaytsa, himoyamiz yana yaxshi ko‘rinishga keladi.

Yangi kelgan futbolchilar jamoamizga moslashishyapti. Shunday ekan, “Andijon”ning istiqboli bor va umid qilsak bo‘ladi, - deya o‘yin xususida munosabat bildirdi, Viktor Balyutovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
31/07/2021 23:57
Рахмат сизга ва барча футболчиларга Андижонни келажаги бор