Villi Sanol JCh-2006 finalidan keyin 10 daqiqada 250 ta sigaret chekkani va Zidan bilan 2 yil gaplashmaganini aytdi

  • 11 aprel, 2020, 12:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi sobiq a’zosi Villi Sanol JCh-2006 finalidan keyingi holati haqida gapirib berdi.

Tecno

Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundial finalida frantsuzlar penaltilar seriyasida Italiyaga yutqazib qo‘yishgan edi.

“Zidan o‘yindan keyin kechirim so‘radi. Ammo, men bu uzrni qabul qilmadim. Biz g‘azabda edik. Men hojatxonaga kirib, 10 daqiqa ichida 250 ta sigaret chekkanman. Shu o‘yindan keyin biz Zidan bilan 2 yil gaplashmadik”, - deydi Sanol.

Aytish kerakki, o‘shanda Zidan Materatstsiga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan va frantsuzlarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!