
Villian Xitoy klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi
"Chelsi" vingeri Villian Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi.
UOL Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “aristokratlar”ga 20 million evro taklif qilishgan. Uning o‘ziga esa 3 yillik shartnoma va yiliga 12 million evro maosh va’da qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Villianning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. U o‘tgan mavsum APLda 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar