“Vilyareal” ustozi: Shunday “podkat”ni “Barselona” futbolchisi amalga oshirganda, qizil kartochka ko‘rsatilmas edi (video)

  • 12 dekabr, 2017, 12:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vilyareal” klubi bosh murabbiyi Xaver Kalexa jamoasining Ispaniya La ligasi 15-turida “Barselona”ga qarshi bahsda (0:2) hakamlarning qarorlaridan norozi ekanligini ma’lum qildi.

Tecno

Ushbu bahsning 60-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Danieel Rabi kataloniyaliklar futbolchisi Serxio Buketsning oyog‘iga tashlangani uchun maydondan chetlatilgan edi.

“Aminmanki, xuddi shunday   harakatni “Barselona” futbolchisi amalga oshirganida, qizil kartkochka ko‘rsatilmas edi.

Men takroriy vaziyatni ko‘rmadim. Ammo men turgan nuqtadan bu harakat qizilga tortadigan vaziyat emas edi”, – deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.

Quyida ushbu holatga o‘zingiz baho berishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!