Vinisius "Barselona" bilan o‘yindagi mojarodan so‘ng Alonso bilan gaplashib oldi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Barselona”ga qarshi o‘yindagi mojaro ortidan bosh murabbiy Xabi Alonso bilan shaxsan uchrashdi.
"COPE" nashrining xabar berishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchi avvalo jamoadoshlaridan kechirim so‘ragan, biroq o‘sha paytda Alonso yig‘ilishda bo‘lmagan. Shuningdek, Vinisius murabbiy bilan alohida suhbat o‘tkazgan va o‘yin paytida bildirgan reaktsiyasi uchun uzr so‘ragan. Alonso esa futbolchining kechirimini qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi "El-klasiko"da almashtirilgandan so‘ng murabbiyga qo‘l berib so‘rashdan bosh tortgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l olgan edi. Shuning ortidan uning klubni tark etishi haqidagi xabarlar tarqala boshladi.



Fikrlar