Vinisius: "Butun Madrid ahlidan uzr so‘rayman"
"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior "El-klasiko"da almashtirilganidan keyingi harakatlari uchun muxlislardan uzr so‘radi.
"Bugun barcha madridliklardan "El-klasiko"dagi almashtirilishimga nisbatan ko‘rsatgan xatti-xarakatlarim uchun uzr so‘ramoqchiman. Bugungi mashg‘ulotlarda yana bir bor jamoadoshlarim, klub raxbarlari va bosh murabbiydan kechirim so‘rayman. Ba’zida ehtiroslarim ko‘p narsalardan ustun keladi, chunki men doim olg‘a intilishni va g‘alaba qozonishni istayman.
Mening raqobatbardosh fe’lim klubga bo‘lgan muhabbatimdan kelib chiqadi. Qirollik klubi uchun har soniyada kurashishda davom etishga va’da beraman. Buni klubga kelgan ilk kunimdan boshlab bajarib kelmoqdaman", - dedi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Vinisius "Barselona"ga qarshi uchrashuvning 72-daqiqasida almashtirilganidan so‘ng, norozilik namoyish etib maydonni tark etgan edi.
Fikrlar