
Vinisius faoliyatidagi eng qiyin raqib kimligini aytdi
"Real" Madrid vingeri Vinisius Junior faoliyatidagi eng qiyin raqibini aytdi. Braziliyalik futbolchi bu mavsumda bir necha bor Vinisiusni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoga ishora qildi.
"Arauxo mening eng qiyin raqibim. Bu menga qarshi eng yaxshi harakat qilgan himoyachi. U juda kuchli futbolchi va shuning uchun u "Barselona"da o‘ynaydi", - dedi Vinisius Chempionlar ligasida "Chelsi"ga qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida.
22 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi chorak finalida "Chelsi"ga qarshi o‘yinning eng yaxshi odami bo‘ldi. "Qirollik klubi" "Santyago Bernabeu"da London jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar