
Vinisius: "Hali hammasi tugagani yo‘q"
Vinisisus Junior "Real" Madridning "Liverpul"dagi ajoyib g‘alabasida o‘zining katta hissasini qo‘shdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Braziliyalik vinger ushbu to‘qnashuvning javob o‘yini haqida gapirib o‘tdi.
"Hali hammasi tugagani yo‘q. Biz bunday fikr bilan maydonga tushsak, mag‘lubiyatga uchraymiz. Kelasi bahs biz uchun 0:0 hisobi bilan boshlanishi kerak", - dedi 22 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Javob uchrashuvi 16 mart kuni "Santiyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar