Vinisius Zhunior: "Mbappe — "Real" tarixida iz qoldiruvchi afsona bo‘ladi"

  • 28.05.2026 00:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" klubi hujumchisi Vinisius Zhunior jamoadoshi Kilian Mbappe haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Braziliyalik futbolchi "CazeTV" nashriga bergan intervyusida Mbappe bilan yaqin munosabatda ekanini va ular nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham koʻp vaqt birga oʻtkazishini taʼkidladi.

"Biz koʻp vaqt birga boʻlamiz — hatto maydondan tashqarida ham doʻstlardek harakat qilamiz. Menda u bilan doimo yaxshi munosabat boʻlgan. Uning "Real"ga oʻtishini xohlab unga koʻp yozganman", — dedi Vinisius.

U shuningdek, jamoa hali toʻliq salohiyatini koʻrsata olmaganini ham tan oldi:

"Hozircha biz istaganimizdek oʻynab, muxlislar kutgan sovrinlarni yutolmadik, lekin tez orada buni toʻgʻrilaymiz".

Mbappe haqida gapirib, Vinisius uni nafaqat kuchli futbolchi, balki yaxshi inson deb atadi:

"U har doim mening tarafimni oladi, hatto intervyularda ham. "Benfika"ga qarshi oʻyindagi irqchilik holatida ham meni himoya qildi. U — "Real" tarixida iz qoldiruvchi afsona boʻladi".

Kilian Mbappe Ispaniya chempionatida toʻpurar boʻldi va Chempionlar Ligasida ham eng yaxshi toʻpurar boʻlishga yaqin turibdi. Biroq "Real" mavsumni sovrinlarsiz yakunladi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!