
Vinisius Mbappe va Xolandning “Real”ga transfer qilinishiga munosabat bildirdi
“Real”ning asosiy hujumchisi Vinisius Junior jamoaga Kilian Mbappe va Erling Xoland kabi to‘purarlarning kelishi mumkinligiga munosabat bildirdi.
Braziliyalik futbolchi avval klub Kilian Mbappeni transfer qilsa, boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida gapirgandi. Chunki bu ikki hujumkor futbolchi maydonda bir pozitsiyada o‘ynaydi va deyarli bir xil ishni barajaradi.
- “Real”ga Mbappe yoki Xolandning kelishiga qanday qaramayman? Transferlar masalasi klub prezidentining vakolati va men bu haqda fikr bildira olmayman. Hozirgi tarkibdagi futbolchilar baxtiyor va hamma etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapti. Safimizda 25 nafar o‘yinchi bor va ularning har bir klubga qo‘ldan kelganicha yordam berishga tayyor.
Biz Superkubogdagi g‘alabani nishonlayapmiz. Keyin Ispani kubogi doirasidagi uchrashuv haqida bosh qotiramiz. Agar kubok o‘yinida yutqazib qo‘ysak, Superkubokdagi g‘alabamiz ahamiyati yo‘qoladi, - dedi Vinisius Junior.
Fikrlar