
Vinisius Mbappening kelishiga qarshi chiqyapti
“Real”ning asosiy hujumchisi Vinisius Junior mavsum yakunlangach, Madridni tark etishi mumkin.
Metro nashrining ta’kidlashicha, braziliyalik forvard jamoaga Kilian Mbappening olib kelinishiga qarshi chiqyapti. Agar frantsiyalik yulduz Madridga keladigan bo‘lsa, Vinisius boshqa klubga o‘tib ketadi.
Aslida braziliyalik hujumchi ancha oldin ham Kilian Mbappe transferiga qarshi ekanini yashirmagan edi. Chunki bu ikki forvard maydonda bitta pozitsiyada o‘ynaydi.
Qolaversa, Vinisius Junior jamoaning asosiy hujumchisi sifatida to‘p tepishni ma’qul ko‘radi. Mbappe kelgan taqdirda bor e’tibor yangi o‘yinchiga qaratilishi hozirdan aniq.
Vinisius Juniorning transferi 150 million evroga baholanmoqda. Bu o‘yinchiga Angliya Premer-ligasi grandlaridan qiziqish bor.
Fikrlar