Vinisius “nozik masala”ni sezib qoldi
“Real” yulduzi Vinisius Junior “Qirollik klubi” bilan hamkorlik shartnomasini uzaytirish borasida yakuniy qarorga kelolmayapti va o‘zining Madriddagi kelajagidan shubhalanmoqda.
Bu haqda mashhur “El Chiringuito” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Vinisius ilk bor “Real” muxlislarining bir qismi uni yoqtirmasligini va qo‘llab-quvvatlamayayotganini his qila boshlagan.
Bu La Liga doirasida madridliklarning “Sevilya”ga qarshi kechgan oxirgi o‘yinida namoyon bo‘ldi. Fanatlar “Santyago Bernabeu” stadionida Vinisiusga o‘z munosabatlarini hushtakbozlik orqali namoyish qilishdi.
Vinisiusning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 25 yoshli braziliyalik futbolchini 150 million evroga baholamoqda.
“Real” va Vinisius vakillari o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar oxirgi bir yil ichida turli sabablarga ko‘ra bir necha marta to‘xtatildi.
Fikrlar