
Vinisius o‘ziga boshqa chempionat tanladi
“Real” hujumchisi Vinisius Junior La Ligani tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistoni Professional ligasida davom ettirishni istayapti.
Taniqli jurnalist Romen Molinaning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchining o‘zi va uning yaqinlari shayxlar taklif qilayotgan mo‘may daromadga qiziqib qolgan.
Ma’lumki, Saudiya Arabistoni klublari 24 yoshli futbolchini jahon futbolida eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirmoqchi.
Ayni paytda “Al-Ahli” jamoasi Vinisiusga shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq buning uchun saudiyaliklar “Real”ni transferga ko‘ndirishi kerak. Chunki hujumchi madridliklar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega.
Transfermarkt portali Vinisius Juniorni 200 million evroga baholagan va braziliyalik yulduz bugungi kunda dunyoning eng qimmat o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar