Vinisius qiyin tanlovni amalga oshirishi shart

  • 13.12.2025 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik futbolchi yoki unga avval berilgan kelishini imzolaydi, yo 2026 yidlning yozida transferga qo‘yiladi.

Madridning “Real” klubi rahbariyati qanot hujumchisi Vinisius Juniorning vakiliga yangi shartnoma shartlari bundan buyon yanada yaxshilanmasligini ma’lum qildi.

Bu haqida Madrid Zone hamda Le Journal du Real kabi manbalar ma’lumot tarqatdi.

Vinisiusning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik hujumchi klub darajasida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt internet-portali Vinisiusning bozor qiymatini 150 million evro, deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!