Vinisius "Real"ni tekin ga tark etishi mumkin — futbolchining rejalar i ma'lum

  • 10.06.2026 11:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Zhunior bilan amaldagi shartnoma yana bir yildan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.

Diario AS nashri yozishicha, braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasidan qat’i nazar, jamoada qolish va amaldagi shartnomasini oxirigacha bajarishga qaror qilgan. Vinisius kelajagini "Real" bilan bog‘lashni istaydi, biroq muzokaralar vaqtida klub rahbariyati uning shartlarini qabul qilmasa, kelasi yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishga ham tayyor.

Manbaga ko‘ra, Vinisius maosh borasidagi dastlabki talablarini sezilarli darajada pasaytirgan, ammo "Real" tomonidan kutilgan darajada murosaga tayyorlik ko‘zga tashlanmayapti. Bir paytlar tomonlar kelishuvga juda yaqin turgan, ammo keyinchalik muzokaralar yana to‘xtab qolgan. Yangi raund suhbatlar jahon chempionati yakunlangandan so‘ng davom ettirilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!