
Vinisius tanqidlarga javob berdi
Braziliya Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag‘lub qilgan uchrashuvda futbolchiar gollarni raqsga tushib nishonlagandi. Hattoki bosh murabbiy Tite ham ularga qo‘shildi. Ushbu vaziyat ko‘p tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Terma jamoa vingeri Vinisius ushbu tanqidlarga javob berdi:
“Albatta, ba’zilar boshqalarni xursandligini ko‘rib, ularni tanqid qilishni yoqtirishadi. Biz braziliyaliklar quvnoq xalqmiz. Shuning uchun, bu ularni doim bezovta qiladi”, - dedi Junior.
“Biz yaxshiroq o‘ynash, g‘alaba qozonish va gollarni shunday nishonlashda davom etamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Vinisius.
Braziliyani chorak finalda Xorvatiyaga qarshi uchrashuv kutmoqda.
Fikrlar