Vinisiusning kelajak noaniq: PSJ prezidenti uni istamoqda

  • 26.01.2026 22:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Vinisiusning kelajagi hamon muhokamalar markazida qolmoqda. Braziliyalik hujumchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yarim yildan kam vaqt qolgan. Manbalarga ko‘ra, Madrid klubida 25 yoshli futbolchining maosh bo‘yicha talablar ortiqcha, deb hisoblanmoqda.

Agar Vinisius "Real" bilan yangi kelishuvga erisha olmasa, u yangi jamoa topishda muammoga duch kelmaydi. "El Nacional"ning xabar berishicha, PSJ prezidenti Nasser al-Xelaifi futbolchini Parij klubida ko‘rishni istamoqda. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrique Vinisius masalasida ikkilamoqda, biroq al-Xelaifi bu transferni juda muvaffaqiyatli deb hisoblaydi.

Vinicius Junior, Vini Jr of Real Madrid CF during the LaLiga EA Sports match between Villarreal CF and Real Madrid at Estadio de la Cerámica on...

Manbada ta’kidlanishicha, mazkur qiziqish "Real"ga nisbatan o‘ziga xos javob ham bo‘lishi mumkin. Ehtimol, gap Kilian Mbappenig Madridga erkin agent sifatida o‘tib ketgani haqida ketmoqda. Albatta, PSJ Vinisiusni bepul qo‘lga kiritmaydi, ammo uni oqilona summa evaziga safiga qo‘shishni rejalashtirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!