
Vinus Uilyams ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda
Indian-Uells shahrida o‘tayotgan "BNP Paribas Open" turnirining chorak final bosqichida ishtirok etadigan tennis malikalari saralanmoqda.
Amerikalik Vinus Uilyams musobaqaning to‘rtinchi davrasida germaniyalik Mona Bartelni har ikkala setda 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa chorak final bosqichiga yo‘l olgan Uilyams, endi germaniyalik Anjelik Kerber bilan yarim final yo‘llanmas uchun kuch sinashadi.
Fikrlar