Virjil van Deyk APLning joriy mavsumida eng ko‘p pas bergan futbolchiga aylandi

  • 04.03.2026 22:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Virjil van Deyk joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida eng ko‘p uzatma amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi. "Talksport" ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" himoyachisi hisobida hozirga qadar 2 144 ta pas bor.

Reytingning ikkinchi va uchinchi po‘gonalari ham markaziy himoyachilarga tegishli. Lyuis Dank ("Brayton") 2 109 ta uzatma bilan ikkinchi, Trevo Chaloba ("Chelsi") esa 1 943 ta pas bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

To‘rtinchi po‘gonadan yana bir himoyachi joy olgan — Yoakim Andersen ("Fulxem"). Uning hisobida 1 869 ta uzatma mavjud.

Reytingni yarim himoyachi Elliot Andersen ("Nottingem Forest") yakunlab turibdi. U joriy, hali to‘liq yakunlanmagan mavsumda 1 855 ta pas bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!