
Vitaliy Denisov Fayzullaevning transferi ikki tomonga ham foydali bo‘lishini aytdi
Moskvaning TsSKA klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov Abbosbek Fayzullaevning Turkiya chempionati klubiga ketishi haqida fikr bildirdi.
21 yoshli futbolchisiga "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Rossiya klubidan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi hali tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan va bu boradagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘tish summasi 7 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
"Mavsum ko‘ngildagidek samarali bo‘lmadi, lekin u baribir terma jamoa va klub uchun jonini berib, gollar urdi. TsSKA va Abbos bu bitimdan foyda ko‘rdi: yigitcha eng kuchli ligaga emas, balki etarlicha yaxshi klubga o‘tdi", - deya Denisovning so‘zlarini keltirdi "Sovetskiy sport."
O‘tgan mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi klub miqyosida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar