Vitsel: Belgiya tarix yaratdi

  • 7 iyul, 2018, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aksel Vitsel kecha JCh-2018ning chorak finalida Braziliya (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bugun biz tarix yaratdik. Bu unutilmas lahzalar. Chunki biz yarim finalga shunchaki chiqmadik, biz Braziliyani yutib chiqdik. Shunday baxtlimizki, haligacha qanday ishni amalga oshirganimizga o‘zimmiz ham ishonmayapmiz.

G‘alabamizning siri nimada deysizmi? Biz bugun o‘ta tartibli o‘yin ko‘rsatdik, ayniqsa himoyada.

Kevin De Bryoyne jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkinki? Albatta, buning uchun unda hamma narsa etarli”, - deydi Vitsel.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi 10 iyul kuni musobaqaning yarim finalida Frantsiyaga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!