
Volkanovski - Topuriya jangida kim favorit? Xollouey bu savolga javob berdi
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maks Xolluey 17 fevral kuni Anaxaymdagi "UFC 298" turnirida amaldagi kamar sohibi Aleksandr Volkanovski va Ilya Topuriya jangi haqida o‘z taxminlarini bildirdi.
"Agar Volkanovski to‘liq tayyorgarlikdan o‘tib kelsa va hech qanday jarohati yoki boshqa muammolari bo‘lmasa, unga qarshi chiqish qiyin. Shunga qaramay, sizni nima kutayotganini hech qachon bilmaysiz. Topuriya yosh jangchi, shuning uchun hammasi qanday kechishini ko‘ramiz. Bu MMA. Biz MMA da aqldan ozdiradigan darajadagi natijalarga ham guvoh bo‘ldik", – deya Xollouey so‘zlarini keltiradi MMA Junkie.
Fikrlar