Volkanovski "Leon Edvards – Belal Muhammad" jangining g‘olibini prognoz qildi

CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski  Leon Edvards va Belal Muhammad o‘rtasidagi jangda kim g‘olib bo‘lishini aytdi.

Tecno

"Bu juda hayajonli jang bo‘ladi va unda Leoning g‘alaba qozonishiga ishonaman. Bu yigit ko‘p qirrali jangchi - u grepplingda ham, kurashda ham ajoyib mahoratga ega. Bundan tashqari, Edvardsning aniq zarba berishi menga juda yoqadi. U hozir yaxshi formada va oktagonda hamma narsani nazorat qilib, g‘alaba qozonadi", - deya avstraliyalikning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bloody Elbows.

Eslatib o‘tamiz, kelasi hafta oxirida Edvards(22-3-1 N/C) va Belal(23-3-3 N/C) Manchesterda bo‘lib o‘tadigan "UFC 304" musobaqasining asosiy to‘qnashuvida jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!