Voyaga etmagan qiz bilan aloqa qilgan futbolchi boshqa qamoqxonaga o‘tkazishlarini so‘radi

  • 16 iyul, 2017, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Sanderlend” klubi sobiq yarim himoyachisi Adam Jonson voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani sabab, 6 yilga ozodlikdan maxrum etilgan edi. Sun nashrining yozishicha, sobiq futbolchi boshqa qamoqxonaga o‘tkazishni so‘ragan.

Tecno

Jonson qamoqxona rahbariyatiga  unga nisbatan suiqasd qilinishi mumkinligi sababli, boshqa shunday muassasaga o‘tkazishni so‘radi. Adam unga pichoq bilan hujum qilishganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamzi, Jonson 2016 yilning fevral oyida voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilishda ayblanib, hibsga olingan edi. Prokuror uni 10 yil muddatga ozodlikdan maxrum etishni so‘ragan, sud esa uni 6 yil muddatga ozodlikdan maxrum etish haqida qaror qabul qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!