
VVFC-4 turnirida "Titanlar jangi" bo‘ladi yoxud bir nechta qarama-qarshiliklar ma’lum! (Poster)
Xabar berib o‘tganimizdek, 29 sentyabr kuni Toshkent shahrida "Sharq jangchilari ligasi" ya’ni, "VVFC-4" turniri tashkil etiladi. Ushbu oqshomda ajoyib janglarni guvohiga aylanamiz.
Ma’lumki, kechaning asosiy to‘qnashuvi tojikistonlik "Metro Lyublino" nomi bilan mashhur Saymo‘min Madiev hamda o‘zbekistonlik mag‘lubiyat bilmay kelmayotgan Rahim Radjabaliev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 2-markaziy jang esa, Eldor Eronov hamda Bobur Abdulazizov o‘rtasida tashkil etiladi.
Tashkilotchilarning saytimizga ma’lum qilishicha, "fayt-kard"ddan o‘rin olgan yana bir qarama-qarshilik ma’lum bo‘lib ulgurgan. Ya’ni, og‘ir vazn (120, 2 kg) toifasida hamyurtimiz Humoyuddin Muxtorov tojikistonlik Umed Rahmatulloev bilan bahs yuritadi. Shuningdek, yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida Nodir Egamberdiev (1-0) qirg‘izistonlik Melisbek Uulu Marlis (2-1) bilan to‘qnash kelsa, yarim engil vazn (65.8 kg) toifasida esa ikki hamyurtimiz Botir Hayitboev (1-0) va Ramziddin Omonov (4-3) oktagonga ko‘tariladi.
Tez orada to‘liq "fayt-kard" ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar