
VXL. “Humo” sharmandali hisobda mag‘lub bo‘ldi
Toshkentning “Humo” klubi safarda “Dizel”ga qarshi bahs olib bordi va 1:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Qanotlilar” safida Pavel Novojilov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mezbonlar bunga 7 bora javob qaytarishdi. Shu tariqa “qanotlilar” hisobidagi ochkolar soni 21 taligicha qoldi va jamoa Konferentsiya 1 da 12-o‘rinni egallab turibdi.
Evgeniy Popixin shogirdlari o‘zlarining navbatdagi uchrashuvini 9 noyabr kuni safarda “Lada”ga qarshi o‘tkazadi.
1:0 – 13:03 Sergey Abramov (Miroslav Mayetsko, Aleksandr Mokshantsev)
2:0 – 17:24 Yu. Vladislav Barulin (Pavel Volodin, Vitaliy Lyulko)
2:1 – 30:32 Pavel Novojilov (Evgeniy Grigorenko, Arseniy Eroxin)
3:1 – 44:14 Anton Andriyanov (Maksim Borisov, Vitaliy Lyulko) son jihatdan kamchilikda kiritilgan gol
4:1 – 44:59 Yu. Vladislav Barulin (Pavel Volodin, V. Pavel Medvedev) son jihatdan kamchilikda kiritilgan gol
5:1 – 53:23 Sergey Abramov (Danil Makarov, Aleksandr Mokshantsev) son jihatdan ustunlikda kiritilgan gol
6:1 – 55:18 Nikolay Vladimirov (Zigurds Podzinsh, Vitaliy Lyulko)
7:1 – 57:00 Yu. Vladislav Barulin (Nikita Dyomin).
Fikrlar