
WBA yangilangan reytingida Shohjahon Ergashev pastladi, lekin ko‘tarilish ham bor....
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev esa o‘tgan oydagi 10-o‘rindan 11-o‘ringa pastladi,
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab 12-o‘ringa joylashgan,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg): Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rinda o‘zgarishsiz qoldi.
Fikrlar