WBC yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbek bokschilari quyidagi pog‘onalarda qayd etilgan
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WVC) yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kuchli 15 talikda faqatgina yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov 9-o‘rinni egallab turibdi. WVC boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq 40 talik reytingni tuzadi.
Super yarim o‘rta vaznda (-69,8 kg) Isroil Madrimov mazkur yo‘nalishda 18-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, super engil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 25 va Shahram G‘iyosov 34-o‘ringa loyiq topildi. Birinchi yarim engil vazn toifasida (-55,3 kg) WBC Boltiq bo‘yi mamlakatlari mintaqaviy kamari sohibi Islombek Pirmanov 40, birinchi o‘ta engil vaznda (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov 23-o‘rinni band etgan.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha boshqa bokschilarimiz e’tirof etilmagan.



Fikrlar