
WEF promoushenining navbatdagi turnirida o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi
21 mart kuni Qirg‘izistonning Qorasuv shahrida MMA kechasi o‘tkaziladi. WEF promoushenining navbatdagi turnirida o‘zbekistonlik bir qator jangchilar ham oktagonga ko‘tarilishi borasida ma’lumot bergan edik.
Bizga ma’lum bo‘lishicha yana bir nechta yurtdoshlarimiz ham ushbu turnirda o‘z janglarini o‘tkazadi.
Jumladan, Asror Qirg‘izov(1-0) mezbonlar vakili Mamatjanga qarshi, Muhammadjon Qayumov (2-0) ham qirg‘izistonlik Olmos Qulmurzaev bilan, Dildorbek Nurmatov yana bir mezbonlar vakili Amantur Erkinboevga qarshi bahs yuritadi. Shuningdek, Islom Kamoldinov ham oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Mazkur janglarda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar