"World Boxing" kubogi. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglar yakunlandi!

  • 4 iyul, 19:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Ostana shahrida "World Boxing" tashkiloti kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun uch nafar bokschimiz o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangandi.

-51 kg vaznda vakilamiz Sabina Boboqulova chorak final bahsida finlandiyalik Pila Kaivo-Ojadan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Yana bir yurtdoshimiz Navbahor Hamidova yarim finalga yo‘lga oldi. Bokschimiz -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda braziliyalik Beatriz Oliveirani qiyinchiliksiz mag‘lub etdi - 5:0.

+80 kg yarim finalida hamyurtimiz Oltinoy Sotimboeva mezbonlar sportchisi Eldana Talipovaga qarshi ringga ko‘tarildi. Sotimboeva 3-raundni to‘liq o‘ziniki qilishiga qaramasdan, dastlabki 2 raundda ochkolar evaziga yutqazgani bois musobaqa bilan xayrlashdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!