Xabi Alonso: "Anchelottining o‘rnini egallash men uchun sharaf"

  • 26 may, 16:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso tanishtiruv marosimida kichik nutq so‘zladi.  

Tecno

—Hammaga hayrli tong. Bugun men uchun o‘ziga xos, unutilmas kun. Bu er mening uyim.

Men "Real" muxlislarining hayajonini his qilyapman — bu biz hammamiz uchun muhim lahza.

Karlo Anchelotti haqida bir necha so‘z aytmoqchiman… U mening murabbiyim bo‘lgan, ajoyib inson. Agar u bo‘lmaganida, men bu erda bo‘lmas edim. Uning o‘rnini egallash men uchun katta sharaf va faxr. Umid qilamanki, bu darajaga mos bo‘la olaman.

Bizda zo‘r jamoa bor — fantastik futbolchilar bilan. Bizni buyuk kelajak kutmoqda. Men kuchli, katta maqsadlarga erisha oladigan ambitsiyali jamoani qurmoqchiman.

Shuni istardimki, odamlar bizga qarab: "Ana shu — mening "Real Madrid"im" deb aytishsin — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli murabbiy "qirollik klubi" bilan 2028 yilning yozigacha shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!